» » O‘zbekistonlik bokschilar Tailanddagi Osiyo chempionatida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik bokschilar Tailanddagi Osiyo chempionatida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi


Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik bokschilar 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi MOQ axborot xizmati.

Mazkur musobaqada -56 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Abdumalik Xalakov finalda tailandlik bokschini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. Samandar Xolmurodov (-52 kg), Timur Merjanov (-81 kg), Javohir Tog‘aymurodov (-91 kg) va Jamshidbek Mahmadaliyev (+91 kg)lar esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. Jahongir Rahmonov (-69 kg) va Navo Tamazov (-75 kg) lar musobaqaning bronza medaliga ega chiqdi.

Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Mahliyo Rahimova (-60 kg) yarim finalgacha yetib borib, bronza medali egasiga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют