» » Ozbekistonda Urugchilikni rivojlantirish markazi tashkil etildi

Ozbekistonda Urugchilikni rivojlantirish markazi tashkil etildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-aprel kuni Ozbekiston Respublikasida urugchilik tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari togrisidagi qarorni imzoladi. Hujjat matni OzAda keltirildi.

Hujjatda takidlanishicha, birlamchi urugchilik va yangi, istiqbolli navlarni sinash bilan shugullanuvchi elita-urugchilik xojaliklari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatini tashkil etish masalalari hal etilmay qolmoqda.

Turli navdagi uruglar va reproduksiyalarni alohida yigish, shuningdek, ularni saqlash va qayta ishlash sharoitlariga rioya etilishi ustidan lozim darajada nazoratning mavjud emasligi ekin materiali sifatining pasayishiga va hosildorlikning tushishiga olib kelmoqda. Bunday hollarda marketing va huquqiy tartibga solishning samarasiz tizimi qishloq xojaligi ekinlari uruglarining eksportini yetarli darajada amalga oshirish imkonini bermayapti, seleksiya va birlamchi urugchilikning lozim darajada bolmaganligi esa ularni import qilish hajmining ortishiga olib kelmoqda.

Urugchilik sohasini tubdan takomillashtirish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni xalqaro bozorlarga yanada ilgari surish maqsadida 2018-yil 1-sentabrdan:

bitta viloyatda ontadan kop, bitta tumanda beshtadan kop boshoqli don ekinlarining rayonlashtirilgan navlarini, shuningdek, bitta viloyatda beshtadan kop, bitta tumanda ikkitadan kop gozaning rayonlashtirilgan navlarini joylashtirishga yol qoyilmaydi (sinov otkazish uchun joylashtiriladigan yangi navlar bundan mustasno);

boshoqli don ekinlari va goza navlarini sinovdan otkazish muddati ikki yildan, boshqa qishloq xojaligi ekinlarini sinovdan otkazish muddati bir yildan oshmaydi;

qishloq xojaligi ekinlari uruglarining navlarini (boshoqli don ekinlari, goza va kartoshka uruglari bundan mustasno) majburiy royxatdan otkazish va Ozbekiston hududida ekish uchun tavsiya etilgan Qishloq xojaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritish togrisidagi talab bekor qilinadi;

boshoqli don ekinlari va gozaning uruglarini eksport qilish Qishloq xojaligi vazirligining xulosasiga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligining qarori boyicha amalga oshiriladi, boshqa qishloq xojaligi ekinlarining uruglarini eksport qilish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinmaydi;

qishloq xojaligi ekinlari uruglarini import qilganda (boshoqli don ekinlari, goza va kartoshka uruglari bundan mustasno), agar sinovdan otkazishda qollanilgan talablar Ozbekistonda amalda bolgan shunga oxshash talablardan past bolmasa, akkreditatsiya boyicha xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari akkreditatsiya qilgan xorijiy laboratoriyalar tomonidan otkazilgan qishloq xojaligi ekinlarini sinovdan otkazish natijalari tan olinadi.

Prezidentning 17-apreldagi Qishloq va suv xojaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoniga muvofiq Goza urugchiligi respublika markazi va Boshoqli don ekinlari urugchiligi respublika markazi negizida Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Urugchilikni rivojlantirish markazi tashkil etildi.

Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yonalishlari:

qishloq xojaligi ekinlari, shu jumladan goza va boshoqli don ekinlarining uruglarini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish;

mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urugchiligini tashkil etish va rivojlantirish;

tarmoq korxonalari tomonidan qishloq xojaligi ekinlarining ekiladigan uruglarini tayyorlash, qayta ishlash va saqlash boyicha normativ talablarni xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiq ishlab chiqish;

urugchilik sohasida ilmiy va tajriba-eksperimental tadqiqotlarni olib borishga, tarmoq korxonalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga komaklashish;

urugchilik boyicha xalqaro va milliy organlar bilan ozaro faol hamkorlik qilish, uruglarni ekishdan oldin ishlov berish va qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalarni, ushbu sohadagi nou-xaularni joriy etish.

Ozbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi orinbosari vazifasini bajaruvchi B.N. Umarov mamlakatda zamonaviy urugchilik tizimini shakllantirish, markaz, shuningdek, birlamchi urugchilik, yangi va istiqbolli navlarni sinash bilan shugullanuvchi elita-urugchilik xojaliklari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa korxonalarning faoliyatini tashkil etishga shaxsiy javobgar etib belgilandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-04-2018, 21:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -