» » Sirdaryo viloyati hokimi Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi

Sirdaryo viloyati hokimi Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi


Shu yil 4-fevral kuni Guliston shahrida davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Qo‘shma majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ochib berdi.

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijasida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi.

Qo‘shma majlisda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 09:32)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют