» » Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom o‘rta maxsus bilim yurti bilan tanishdi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom o‘rta maxsus bilim yurti bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom o‘rta maxsus bilim yurti bilan tanishdi. O‘zbekistondagi eng qadimiy va yirik jome masjidlaridan biri bo‘lgan Masjidi Kalonni ham ziyorat qildi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Kalon minorasi va masjidi XII va XVI asrlar oralig‘ida bunyod etilgan. Bu obidalar Mir Arab madrasasi bilan uyg‘unlashib, go‘zal ansambl hosil qilgan. Ularning me’moriy yechimi ajdodlar madaniyati va san’atining yaqqol ifodasi sifatida bugun ham barchani hayratga solib kelmoqda.

Oliy martabali mehmon Buxoro shahrining tarixiy qismida zardo‘zlik, zargarlik, gilamdo‘zlik, kashtachilik, kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Sayilgoh ko‘chasi, Toqi zargaron majmuasida namoyish etilayotgan mahsulotlar, bozor va rastalar Buxoroning qadimiy hunarmandlik an’analarini aks ettirdi. Folklor jamoalarning chiqishlari kishiga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tarixiy va me’moriy obidalar, o‘zbek xalqining milliy hunarmandligi turkiyalik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ark qo‘rg‘oniga tashrif buyurdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют