» » Aziz Abduhakimov: Rossiya va Turkiya kompaniyalari Qarshi aeroportidagi “ochiq osmon” rejimiga qiziqmoqda

Aziz Abduhakimov: Rossiya va Turkiya kompaniyalari Qarshi aeroportidagi “ochiq osmon” rejimiga qiziqmoqda


Rossiya va Turkiyaning qator aviakompaniyalari Qarshi aeroportidagi “ochiq osmon” rejimiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovga asoslanib, Sputnik xabar berdi.

“Ochiq osmon” rejimi amal qiladigan aeroportga xorijiy aviatashuvchilar hech bir cheklovlarsiz parvozlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Masalan, Rossiyada Sochi, Vladivostok va Kaliningrad aeroportlari ana shunday rejimda ish olib boradi. Kamtarona hisob-kitoblarga ko‘ra, bunday rejimning joriy etilishi yo‘lovchilar oqimini 25—30%ga oshiradi.

“O‘zbekistonda loukosterlarni jalb etish va ‘ochiq osmon’ rejimini joriy etish bo‘yicha Qarshi aeroportida ilk loyiha yo‘lga qo‘yildi. Hozirda ko‘plab aviakompaniyalar ushbu aeroportga parvozlarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda. Bular Rossiyaning Nord va ‘Uralskiye avialinii’ hamda Turkiyaning Pegasus Airlines va Atlasglobal kompaniyalaridir”, — deydi Qo‘mitasi raisi.

Abduhakimovning fikricha, turizmning rivojlanishi O‘zbekistonda kuchli Milliy aviatashuvchining bo‘lishiga ham bog‘liq.

“Bu shunchaki so‘zlar emas, bunga asoslar yetarli. Bizning aeroportlarimiz geografik jihatdan juda qulay joylashgan. Ular Janubi Sharqiy Osiyodan Yevropaga keladigan oqimni o‘ziga tortib olgan Dubay yoki Istanbulga nisbatan anchagina qulay. Aeroportlarimiz ushbu sohada mintaqada yetakchilikka intilayotgan Qozog‘iston aeroportlariga nisbatan ham qulay”, — dedi Abduhakimov.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, mintaqada yetakchi bo‘lish uchun aviatashuvlar boshqaruv tizimi jiddiy isloh qilish, “O‘zbekiston havo yo‘llari” faoliyatini muqobillashtirish darkor.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning fevral oyida qabul qilingan “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “Qarshi” aeroportini “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tarkibidan chiqarish ko‘zda tutilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют