» » Adliya vazirligi hafta davomida qabul qilingan qonunlar muhokamasiga bag‘ishlangan brifing tashkil etadi

Adliya vazirligi hafta davomida qabul qilingan qonunlar muhokamasiga bag‘ishlangan brifing tashkil etadi


O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan 5-may kuni soat 11:00 da “Adliya axboroti” nomli brifing tashkil etiladi. Bunday brifing o‘z formatiga ko‘ra vazirlik tomonidan ilk bor o‘tkazilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Brifingda hafta davomida qabul qilingan qonun hujjatlari haqida, shu jumladan, davlat rahbarining “Qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, hukumatning “Respublikada zamonaviy sanoat usulida omuxta yem ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda boshqa muhim qonun hujjatlari haqida ma’lumotlar beriladi.

Shuningdek, brifingdan so‘ng Prezident tomonidan yangi imzolangan “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘ta muhim hujjat haqida press-konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbir manzili — Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy (mo‘ljal — “Poytaxt” biznes-markazi).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют