» » Toshkent shahrida propiskani onlayn rasmiylashtirish sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi

Toshkent shahrida propiskani onlayn rasmiylashtirish sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi


O‘zbekiston IIV tomonidan pasport-viza sohasidagi davlat xizmatlarini (doimiy, vaqtincha propiska va turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rasmiylashtirish hamda manzil ma’lumotlarini taqdim etish) soddalashtirilgan tartib-taomillarini ta’minlovchi elektron tizimi ishlab chiqildi. Bu haqda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

2018-yilning 1-may kunidan Toshkent shahrida turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rasmiylashtirish hamda manzil ma’lumotlarini taqdim etish xizmatlari sinov tariqasida ishga tushirildi.

Ushbu tizim sinov tariqasida ishlatilayotganligi sababli davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida texnik nosozliklar, xatoliklar yuzaga kelsa yoki tizimni yaxshilash bo‘yicha takliflar bo‘lsa, bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining apaat@intal.uz elektron pochtasiga ma’lum qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют