» » Surxondaryoda 2 milliard 700 million so‘m mablag‘ sarflangan kitob do‘koni ish boshladi

Surxondaryoda 2 milliard 700 million so‘m mablag‘ sarflangan kitob do‘koni ish boshladi


Surxondaryo viloyatining Denov tumanida “Kitob dunyosi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan zamonaviy usulda barpo etilgan uch qavatli “Chag‘oniyon” kitob markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Keng jamoatchilik vakillari, shoir va yozuvchilar, tuman faollari va aholisi, yoshlar ishtirok etgan tadbirda mamlakatda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar haqida so‘z olganlar ta’kidladi.

“Bu yerda 15 mingga yaqin badiiy, siyosiy, huquqiy va boshqa kitoblarni xarid qilish, o‘qish imkoniyati mavjud. Kutubxona yangi kitoblar bilan uzluksiz boyitilib, elektron kutubxonani badiiy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa elektron kitoblar bilan kengaytirib borishni maqsad qilganmiz”, – deydi Denov tumani “Kitob dunyosi” MChJ rahbari I. Xudoyberdiyev.

Yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan mazkur “Chag‘oniyon” kitob markazida kitobxonlar uchun barcha zamonaviy sharoit yaratilgan. Binoning qurilish ishlariga 2 milliard 700 million so‘m mablag‘ sarflangan.

Surxondaryo viloyatida 1 100 dan ortiq kutubxona va axborot-resurs markazi, o‘ttizdan ortiq kitob do‘koni kitobxonlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Viloyat markazida yangidan qurilib, shu yil foydalanishga topshirilgan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazi 225 ming kitob va 5 mingga yaqin elektron kitob fondiga ega. Yangi ma’rifat markazda Book-kafe va “Kitob olami” savdo do‘koni, Wi-Fi hudud tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 20) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют