» » Toshkent viloyatidagi davlat aktivlari endi faqat E-IJRO AUKSION orqali sotiladi

Toshkent viloyatidagi davlat aktivlari endi faqat E-IJRO AUKSION orqali sotiladi


Toshkent viloyatida 2018-yilning 10-mayidan boshlab davlat aktivlari va ko‘chmas mulk obyektlarini sotish faqat E-IJRO AUKSION elektron savdo maydonchasida onlayn-auksion shaklida tashkil etiladigan elektron savdolar orqali amalga oshiriladi, deya xabar bermoqda Davlat raqobat qo‘mitasi.

Sotuvdagi obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasidan (telefon: 230-41-70, 230-41-80, 230-41-68) hamda privatization.gkk.uz, E-IJRO AUKSION’ning www.e-auksion.uz saytlari orqali olish mumkin.

“Elektron savdolarda ishtirok etish tartibi www.e-auksion.uz saytida keltirilgan”, — deyiladi qo‘mita axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют