» » Shavkat Mirziyoyev BAA bosh vaziri o‘rinbosari Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev BAA bosh vaziri o‘rinbosari Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi


Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari, prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi turli darajadagi aloqalar faollashgani, barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama amaliy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, O‘zbekistonga Amirliklar investorlarini istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga keng jalb etish, ularning faoliyatini tizimli ravishda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bu borada neft-gaz, kimyo, qurilish, qishloq xo‘jaligi, logistika, turizm, shaharsozlik va ahamiyatga molik boshqa qator sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

O‘z navbatida, Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning yuksak hurmati va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuv chog‘ida mehmon joriy yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar hamda Islom hamkorlik tashkiloti doirasida bildirilgan takliflarni Amirliklar hukumati to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Shuningdek, Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, jumladan, aniq istiqbolli investitsion loyihalarni hayotga to‘la tatbiq etishga Birlashgan Arab Amirliklari tayyor ekanini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют