» » Senator va deputatlar Farg‘onadagi ishsiz xonadon egasiga parrandachilik uchun kredit ajratilishida yordam ko‘rsatadi

Senator va deputatlar Farg‘onadagi ishsiz xonadon egasiga parrandachilik uchun kredit ajratilishida yordam ko‘rsatadi


Farg‘ona viloyatidan saylangan deputatlar va senatorlar Buvayda tumanida bo‘lib, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, “Yangiqo‘rg‘on”, “Qo‘ng‘irot”, “Bekobod”, “Nayman”, “Beshterak” kabi qishloq fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib o‘tgan muloqotlardan aholi mamnun bo‘lgan.

“Beshterak” qishloq fuqarolar yig‘inida bo‘lgan muloqotlarning birida xonadonlardagi mavjud maishiy-ijtimoiy muammolar o‘rganib chiqildi.

Unda vaqtincha ishsiz bo‘lgan bir xonadon egasining qo‘shimcha daromad olishi uchun oilasida parrandachilik bilan shug‘ullanishiga bank krediti ajratilishi rejalashtirildi.

Shuningdek, oilasida tikuvchilikni yo‘lga qo‘yib, 10 dan ortiq ish o‘rni yaratgan, mebel sexi va issiqxonalar tashkil etgan xonadonlarga ham qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida bank kreditlari ajratilishiga kelishib olindi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют