» » Farg‘onada qiymati 1,5 mlrd so‘mdan ortiq tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Farg‘onada qiymati 1,5 mlrd so‘mdan ortiq tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX va DChQQ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘shni davlatdan “Andarxon” chegara bojxona posti orqali mamlakatga kirib kelgan B.V. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomashinasini ko‘rikdan o‘tkazdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu avtomashina yukxonasida qiymati 1 milliard 404 million so‘mlik 2 xil turdagi xorijda ishlab chiqarilgan, jami 184,5 ming quti Business Royal va Milano nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng olib borilgan qo‘shimcha tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Dang‘ara tumani, Katta Ravon ko‘chasida yashovchi M.B.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan qiymati 105 million so‘mlik 15 ming quti Milano nomli tamaki mahsulotlari noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tadbir davomida umumiy qiymati 1 milliard 509 million so‘mlik jami 199,5 ming quti xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markalari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют