» » Foto: Samarqandda Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi

Foto: Samarqandda Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi


Xotira va qadrlash kuni bayram tadbirlari Samarqand viloyatida keng xalq ommasi ishtirokida munosib nishonlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushida 152 mingdan ko‘proq samarqandliklar ishtirok etgan. Ularning 73 ming nafariga ona-yurtiga qaytib kelish nasib etmadi. Samarqand shahridagi Xotira maydonida 48 ming 500 nafardan ortiq shahid ketganlarning nomlari bitilgan.

9-may kuni erta tongdan Samarqand shahridagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum bo‘ldi. Bu yerga Samarqand viloyati hokimligi, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi.

Samarqand viloyati hokimi T. Jo‘rayev boshchiligida Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yilib, bugungi tinch va osuda kunlar uchun jon fido qilgan yurtdoshlar yod etildi.

Tadbir davomida urush va mehnat faxriylari bir-birlari bilan diydorlashib, yoshlik yillarini esladi, bugungi kunlar uchun shukrona aytib, yoshlarni tinchlik-osoyishtalik qadriga yetib yashashga da’vat etdi.

Tadbirlar doirasida Samarqand shahrining Registon maydonidan Universitet xiyobonigacha bo‘lgan masofada yoshlar va faxriylar ishtirokida marafon hamda velomarafon o‘tkazildi.

Tadbirlar yakunida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari uchun Samarqand viloyati hokimligining tantanali qabul marosimi uyushtirilib, ishtirokchilarga sovg‘alar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют