» » Peru prokuraturasi mamlakat sobiq prezidentiga nisbatan korrupsiyada gumon qilib ish qo‘zg‘atdi

Peru prokuraturasi mamlakat sobiq prezidentiga nisbatan korrupsiyada gumon qilib ish qo‘zg‘atdi


Peru prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Alexandro Toledoga (2001—2006-yillar) nisbatan jinoiy surishtiruv boshladi. Bu haqda 6-fevral, dushanba kuni mahalliy El Comercio gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Sobiq prezident Braziliyaning Odebrecht qurilish kompaniyasidan pora olishda gumon qilinmoqda.

O‘tgan haftada Peruning bir qator OAVlari tomonidan tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari Toledo va uning ma’muriyati vakillarini Odebrecht’dan 20 million dollar miqdorida pora olishda gumon qilmoqda. Ulardan 11 million dollari shaxsan davlat rahbari uchun mo‘ljallanganligi taxmin qilinmoqda.

Buning evaziga Braziliya kompaniyasi go‘yoki avtomagistrallardan biri qurilishi bo‘yicha foydali bitimni qo‘lga kiritgan.

4-fevral kuni sobiq prezidentning uyida tintuv o‘tkazildi, biroq uni hibsga olish to‘g‘risida order hali chiqarilmagan. Toledoning o‘zi hozir Fransiyada bo‘lib, o‘ziga nisbatan ayblovlarning barchasini to‘liq rad etdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 16) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют