» » Toshkentda Salomatlik inson huquqi, uni taminlashda hamshiralarning orni va istiqboli mavzusida seminar otkazildi (foto)

Toshkentda Salomatlik inson huquqi, uni taminlashda hamshiralarning orni va istiqboli mavzusida seminar otkazildi (foto)


Har yili 12-may Xalqaro hamshiralar kuni sifatida butun dunyoda, shu jumladan, Ozbekistonda ham keng nishonlanadi. Ozbekiston Sogliqni saqlash vazirligidan xabar berishlaricha, joriy yilgi Xalqaro hamshiralar kuni Jahon sogliqni saqlash tashkiloti tomonidan Salomatlik inson xuquqi, uni taminlashda hamshiralarning orni va istiqboli shiori ostida otkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi hamda Ozbekiston Sogliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan 1112-may kunlari Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida Salomatlik inson huquqi, uni taminlashda hamshiralarning orni va istiqboli mavzusida ilmiy-amaliy seminar otkazildi. Unda Sogliqni saqlash vazirligining masul xodimlari, Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda sogliqni saqlash tizimida samarali va faol mehnat qilib kelayotgan hamshiralar ishtirok etdi.

Anjumanda takidlanganidek, Prezident Sh.Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvlarda, videoselektor yigilishlarida, hududlarga uyushtirgan safarlari mobaynida sogliqni saqlash tizimidagi masalalarga doimiy etibor qaratib, xalqni rozi qilish uchun avvalo tibbiy xizmat sifatini yaxshilash lozimligini takidlamoqda. Shu bois, sohada olib borilayotgan islohotlar jarayonida hamshiralik ishini rivojlantirish ham ustuvor yonalishlardan biri etib belgilangan.

Hamshiralik ishi keng qamrovli jarayon bolib, tibbiyotning biror yonalishini bu mutaxassis faoliyatisiz tasavvur etib bolmaydi. Ayniqsa, shoshilinch tibbiy xizmat, reanimatsiya, operatsiya bloklarida malakali hamshiraning bilim, mahorati, tajribasi, oz kasbiga sadoqati bemorni soglom hayotga qaytarishda muhim omil boladi. Shoshilinch holatlarda vaziyatni togri baholab, birinchi va hal qiluvchi yordamni tez tibbiy yordam feldsherlari korsatadi. Ilgari ushbu bogin xodimlari tibbiy texnika va dori vositalari tanqisligidan turli noqulay vaziyatlarga tushib qolayotgani bor gap edi. Prezidentning farmon va qarorlari bilan ushbu masala ham oz yechimini topmoqda.

Anjuman davomida aholiga malakali tibbiy yordam korsatishda hamkasblariga ornak bolayotgan orta tibbiyot xodimlaridan bir guruhi Sogliqni saqlash vazirligining Sogliqni saqlash alochisi kokrak nishoni va faxriy yorligi hamda Ozbekiston Sogliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining faxriy yorligi va esdalik sovgalari bilan taqdirlandi.

Marosimdan song, hamshiralarni kasb bayrami bilan muborakbod etish maqsadida Bor boling, hamshiralar! deb nomlangan gala-konsert tashkil qilinib, unda el suygan sanatkorlar ijrosida kuy-qoshiqlar ijro etildi.

Anjuman doirasida ishtirokchilarning Toshkent shahri va viloyatida joylashgan muqaddas qadamjolarga ziyorati uyushtirilib, mustaqillik yillarida barpo etilgan bino va inshootlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Tadbir yakunida tibbiyot muassasasi, jumladan, tibbiyot hamshirasi faoliyatiga soha amaldorlari emas, balki oddiy odamlar, aholining bevosita ozi xolis baho beradigan tizim yaratilgani va ushbu mezon orqali baholanishi qayd etib otildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (13-05-2018, 00:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -