» » Turkiyada G‘azoda halok bo‘lgan falastinliklar xotirasiga motam e’lon qilindi

Turkiyada G‘azoda halok bo‘lgan falastinliklar xotirasiga motam e’lon qilindi


Turkiya hukumati G‘azo sektoridagi norozilik namoyishlari chog‘ida Isroil askarlari tomonidan o‘ldirilgan falastinliklar xotirasiga mamlakatda uch kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinibosari Bakir Bo‘zdog‘ bayonot berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.

Bo‘zdog‘ning ta’kidlashicha, AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalarini buzgan holda o‘zining Isroildagi elchixonasini Quddusga ko‘chirdi. Buning oqibatida falastinliklarning ommaviy namoyishi kelib chiqdi va Isroil kuchlari tomonidan qonga botirildi.

14-may kuni G‘azo sektorining 15 mingga yaqin aholisi norozilik namoyishiga chiqdi va Isroil chegarasiga qarab yo‘l oldi. Namoyish ishtirokchilari o‘sha yerda isroillik harbiylar bilan to‘qnashdi. Norozilik aksiyasi Quddus shahrida AQSh elchixonasi ochilishi, shuningdek Isroil davlatiga asos solinganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etildi.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, to‘qnashuvlarda 59 kishi halok bo‘lgan. Ular orasida 8 oylik qiz ham bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют