» » O‘zbekistonning har bir hududida yuqori texnologik markaz va laboratoriyalar ochiladi

O‘zbekistonning har bir hududida yuqori texnologik markaz va laboratoriyalar ochiladi


Innovatsion rivojlanish vazirligi va Huawei Tech Investment Tashkent xorijiy kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasining ushbu kompaniyaning Shenchjen shahridagi (Xitoy) shtab kvartirasiga tashrifi doirasida imzolangan memorandum vazirlik va Huawei Tech Investment Tashkent xorijiy kompaniyasi o‘rtasida telekommunikatsiya hamda mamlakat iqtisodiyotining boshqa istiqbolli sohalariga innovatsion yechimlar va texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan har tomonlama hamkorlikni ko‘zda tutadi.

Huawei kompaniyasining ekspert imkoniyatlari vazirlikning ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish imkonini beradi. Texnopark va innovatsion markazlar konsepsiyasi birgalikda ishlab chiqiladi, “aqlli shaharlar” barpo etish jarayoniga ilg‘or texnologiyalar joriy qilinadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi, xususan, Huawei kompaniyasi ko‘magida mamlakatning har bir hududida yuqori texnologik markaz va laboratoriyalar ochishni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonda ishlab chiqarishning turli sohalari samaradorligini oshirishga qodir innovatsion yechim va ishlanmalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bunday texnologik yangiliklar mavjud ishlab chiqarish jarayonlarini o‘zgartirish, ularning chiqitsiz ishlashini ta’minlash, xarajatlar va yaroqsiz mahsulotning salmoqli foizini kamaytirishga imkon beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют