» » Hisob palatasi 2017-yilda 36,5 mlrd som va 7 mln dollarlik samarasiz xarajatlarni aniqladi

Hisob palatasi 2017-yilda 36,5 mlrd som va 7 mln dollarlik samarasiz xarajatlarni aniqladi


Parlament quyi palatasidagi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigilishi bolib otdi. Unda Hisob palatasining 2017-yildagi faoliyati togrisidagi hisobot eshitildi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Otgan yilda Hisob palatasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlar ijrosi boyicha otkazilgan tekshirish va organishlar (audit) natijalari yuzasidan Ozbekiston Prezidentiga 66 ta, Vazirlar Mahkamasiga 3 ta malumotnoma va tahliliy materiallar kiritildi. Otkazilgan organishlar natijasida 2145 holatda 36,5 milliard som va 7 million dollarlik noqonuniy va samarasiz xarajatlar hamda 38 ta holatda 268,3 milliard som budjet tizimiga qoshimcha daromad summasi aniqlandi.

Ishchi guruh tomonidan sogliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini taminlash va amaliy yordam korsatish maqsadida joylarda organish otkazildi. Qishloq oilaviy poliklinikalari hududida aholi uchun arzon va sifatli dori vositalari hamda tibbiy buyumlar sotuvini yolga qoyadigan Dori-darmon aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi dorixonalarni joylashtirish hamda hududlarda tez tibbiy yordam shoxobchalarini tashkil etish ishlari qoniqarsiz darajada ekanligi aniqlandi.

Shuningdek, birlamchi tibbiyot muassasalarida umumiy amaliyot shifokorlari hamda tor mutaxassisliklar shtat birliklari shifokorlar bilan toldirilmaganligi, tez tibbiy yordam brigadalarining chaqiruvlar uchun dori-darmon vositalariga sarflanayotgan budjet mablaglari organilganda 1 ta chaqiruv dori-darmon xarajati uchun ajratilayotgan mablaglar respublika hududlari boyicha nomutanosibligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish holatida sezilarli ozgarishlar yoqligi aniqlandi va organish yakuni boyicha Hisob palatasining korsatmasi Sogliqni saqlash vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga yuborilishi taminlandi.

Mahalliy budjetlarga qoshimcha daromad manbalarini aniqlash maqsadida Samarqand, Namangan va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Olmazor va Bektemir tumanlarida 2017-yilda otkazilgan organish va tahlillar natijasida budjetga qariyb 120 milliard som qoshimcha daromad manbalari aniqlandi.

Kommunal sohadagi tekshirishlar natijalariga ham alohida etibor qaratildi. Takidlanishicha, Toshissiqquvvati davlat unitar korxonasi ishlab chiqarish birlashmasining 2010-yil 1-yanvaridan 2015-yil 1-iyuligacha bolgan davrdagi faoliyati organilganda jami 516 milliard somlik xato-kamchiliklar aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-05-2018, 23:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -