» » Qahramon Oripov Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Qahramon Oripov Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi


Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu yig‘ilishda Qahramon Oripov Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Qahramon Oripov 1968-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995-yili Toshkent moliya institutini tamomlagan.

U 2007—2016-yillarda “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi, 2017—2018-yillarda esa Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют