» » O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi Ravshan Usmonov Kuala-Lumpur shahriga jo‘nab ketdi

O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi Ravshan Usmonov Kuala-Lumpur shahriga jo‘nab ketdi


2018-yilning 16-may kuni O‘zbekistonning Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ravshan Usmonov Toshkentdan Kuala-Lumpur shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Ravshan Usmonov ilgari Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinch o‘rinbosari, O‘zbekistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi, shuningdek, o‘rindoshlik asosida Italiya va Portugaliya Respublikasida elchi lavozimida ishlagan.

Bundan tashqari, Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi Ravshan Usmonov O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют