» » Ozbekistonda Bosh prokuratura akademiyasiga bosh lavozimlariga nomzodlarning tanlovi boshlandi

Ozbekistonda Bosh prokuratura akademiyasiga bosh lavozimlariga nomzodlarning tanlovi boshlandi


Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi PF-5438-sonli Farmoniga asosan Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi tashkil etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozirgi paytda akademiyaning samarali faoliyat yuritishini taminlash boyicha ishlar tashkillashtirilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida ochiqlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari asosida tanlov boyicha saralashning shaffofligini taminlash maqsadida akademiyaning bosh lavozimlariga nomzodlarning tanlovi boshlanganligi elon qilinadi.

Farmon talablariga kora akademiya xodimlariga Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq tolash va moddiy ragbatlantirish shartlari hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa ragbatlantiruvchi qoshimcha haq va ustamalarni oz tarkibiga oluvchi lavozim maoshiga 100 foiz miqdorda har oylik qoshimcha ustama tatbiq etiladi.

Akademiya xodimlariga prokuratura xodimlari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza choralari qollaniladi.

Farmonda akademiyani quyidagi sohalar boyicha tegishli kasbiy salohiyatga ega malakali kadrlar bilan toldirish nazarda tutilgan:

prokurorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish; jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi togrisidagi qonunlar ijrosi ustidan nazorat; qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish; sudlarda prokuror vakolatini taminlash; iqtisodiy jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish yonalishlari boyicha huquq fanlarini oqitish (nomzodlarga talablar: yurisprudensiya boyicha magistr darajasi, oliy talim muassasalari yoki davlat boshqaruvi organlarida kamida 7 yil ish staji, oqitishning innovatsion shakl va uslublarini qollash konikmalari va tajribasiga ega bolish, davlat tilini mukammal bilish; rus va ingliz tillarini bilish hamda falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science) darajalariga ega bolish afzallik beradi);

- oquv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish (nomzodlarga talablar: oliy yuridik yoki pedagogik malumot, oliy talim muassasalarida korsatilgan yonalish boyicha kamida 5 yillik ish staji, oqitishning innovatsion shakl va uslublarini tashkil etish konikmalari va tajribasiga ega bolish, davlat tilini mukammal bilish; rus va ingliz tillarini bilish afzallik beradi);

- elektron (masofaviy) talimni tashkil etish (nomzodlarga talablar: oliy malumot, korsatilgan yonalish boyicha talim sohasida kamida 5 yillik ish staji, oqitishning innovatsion shakl va uslublarini tashkil etish konikmalari va tajribasiga ega bolish, davlat tilini mukammal bilish; rus va ingliz tillarini bilish afzallik beradi);

- til orgatish (nomzodlarga talablar: lingvistika sohasida oliy malumot, ingliz yoki rus tillarida mukammal ogzaki va yozma nutq konikmalariga hamda ravon va togri talaffuzga, yonalishi boyicha kamida 5 yillik ish staji, oqitishning innovatsion shakl va uslublarini qollash konikmalari va tajribasiga ega bolish, davlat tilini mukammal bilish);

- huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash (nomzodlarga talablar: falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalari, oliy talim, ilmiy-tadqiqot muassasalari yoki boshqa davlat organlarida kamida 10 yil ish staji, ilmiy-tadqiqot olib borish tajribasiga ega bolish, davlat tilini mukammal bilish; rus va ingliz tillarini bilish afzallik beradi);

- prokuratura organlari faoliyatini psixologik taminlash (nomzodlarga talablar: psixologiya yonalishi boyicha oliy malumot, sohasi boyicha kamida 5 yillik ish staji, ilmiy-tadqiqot olib borish tajribasiga ega bolish, davlat tini mukammal bilish; rus tilini bilish afzallik beradi);

- tahririy-noshirlik faoliyati (nomzodlarga talablar: oliy malumot (jurnalistika yoki lingvistika sohasiga afzallik beriladi), korsatilgan yonalish boyicha kamida 5 yillik ish staji, tahrirlash va korrektorlik konikmalariga ega bolish, ozbek va rus tillari imlo qoidalarini mukammal bilish; ingliz tilini bilish afzallik beradi);

- buxgalteriya hisobi (nomzodlarga talablar: iqtisodiyot yonalishi boyicha oliy malumot, byudjet tashkilotlarining moliya-buxgalteriya sohasida shu jumladan, rahbarlik lavozimlarida kamida 7 yillik ish stajiga ega bolish);

- moddiy-texnik taminot (nomzodlarga talablar: oliy malumot, byudjet tashkilotlarining moddiy-texnik taminoti sohasida shu jumladan, rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik ish stajiga ega bolish);

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini taminlash (nomzodlarga talablar: axborot-kommunikatsion texnologiyalar sohasi boyicha oliy malumot, korsatilgan yonalish boyicha kamida 5 yillik ish staji, korporativ tarmoqlar va malumotlar bazasi administratorligi, veb-dizaynerlik ish tajribasiga ega bolish; dasturlash boyicha tajribaga ega bolish afzallik beradi).

Nomzodlarga korsatilgan maxsus malaka talablaridan tashqari prokuratura organlariga xizmatga qabul qilish boyicha barcha nomzodlarga qoyiladigan umumiy talablar amal qiladi.

Telefon raqamlarini korsatgan holda rezyumelarni academygp@umail.uz elektron manzilga jonatishingizni soraymiz, deyiladi xabarda.

Malumot uchun telefon: (0371) 233-82-73

Ariza topshirish muddati: 2018-yil 30-maygacha.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-05-2018, 13:37)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
:
-
:
20 ... -