“Al-Fotih” — “Nasaf” 1:0. “Al-Jaish” — “Bunyodkor” 0:0. Live
Bugun — 7-fevral kuni O‘zbekistonning ikki futbol klubi o‘zining Osiyo Chempionlar ligasidagi taqdiriga oydinlik kiritadi.
Mavzuga oid: Osiyo Chempionlar ligasi. “Nasaf” Saudiya Arabistoniga, “Bunyodkor” Qatarga yetib keldi va ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi
Musobaqaning guruh bosqichida ishtirok etish uchun Qarshining “Nasaf” va Toshkentning “Bunyodkor” klublari safar o‘yinlarida zafar quchishi kerak. Bunda Ro‘ziqul Berdiyev boshchilik qiladigan “Nasaf” Saudiyaning “Al-Fotih” klubi bilan bellashib ko‘rsa, Sergey Lushchan jamoasi Qatarda “Al-Jaish”ga qarshi saf tortadi.
Mavzuga oid: So‘rovnoma: “Nasaf” va “Bunyodkor”ning bir vaqtda start oladigan OChL pley-off o‘yinlaridan qay biri “Sport-TV”da jonli ko‘rsatilishi kerak?
“Al-Fotih” (Saudiya) — “Nasaf” — 20:00
“Al-Jaish” (Qatar) — “Bunyodkor” — 20:15
“Daryo” har ikki uchrashuvdan matnli translyatsiya olib boradi.