» » Sobiq prezidentlar qanday dam oladi? Barak Obama syorfing bo‘yicha “duel”da milliarder Richard Brensonni mag‘lub etdi

Sobiq prezidentlar qanday dam oladi? Barak Obama syorfing bo‘yicha “duel”da milliarder Richard Brensonni mag‘lub etdi


Milliarder Richard Brenson AQShning sobiq prezidenti Barak Obama bahslashdi — bahs shartiga ko‘ra, milliarder foylbordda uchishni, Obama esa kaytfsyorfing bilan shug‘ullanishni o‘rganishi lozim edi.

Bahsni hal qilish uchun, Brenson va Obama milliarderning Virgin orollaridagi kurortida poyga o‘ynadi. Va unda Obama g‘alaba qozondi!

Sobiq prezident taxtada 100 metr masofani bosib o‘tgan bir vaqtda Brenson foylbordda atigi 50 metrni ortda qoldirgan edi, xolos.

Brensonning so‘zlariga ko‘ra, 2008-yilgi AQSh prezidenti saylovi arafasida Obama Gavayi orollarida syorfing bilan shug‘ullanardi. Biroq prezident bo‘lganidan so‘ng, uning xavfsizlik xizmati boshlig‘i endi yaqin 8 yil davomida syorfing bilan shug‘ullanish mumkin emasligini tushuntirgan. Shu sababli ham milliarder sobiq prezidentga o‘ziga xos bahs taklif qilgan.

“Uning dunyo uchun qilgan ishlaridan so‘ng, haqli g‘alabasiga hasad qilmayman. U hozir jo‘nab ketgan, men esa yana suvga tushib, keyingi bahslarga tayyorgarlik ko‘rish niyatidaman”, — deb yozdi Brenson.

Milliarder Obamaning Virgin orollariga keyingi tashrifi vaqtida sobiq prezident bilan yana poyga o‘ynamoqchi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют