» » Restoran va tamaddixonalarda saharlik berish taqiqlanganmi? Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari aniq javob bermadi

Restoran va tamaddixonalarda saharlik berish taqiqlanganmi? Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari aniq javob bermadi


Ramazon oyida ijtimoiy tarmoqlarda restoran va tamaddixonalarda saharlik qilishga ruxsat bormi yoki yo‘q, degan savollar aylanmoqda. Shunga qaramasdan, mazkur masalaga biror bir rasmiy idora yoki mutasaddilar rasmiy javobni hozircha bergani yo‘q. Rasmiy tashkilotlar xavfsizlik chorasidanmi yoki boshqa vaj bilan ko‘pincha tamaddixonalarning saharlik berishini taqiqlagan, deb yozadi O‘zA.

Agentlik muxbiri ayni masalaga oydinlik kiritish uchun “Hokimning bir ish kuni“ loyihasi doirasida Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulovdan javob olishga urindi. Biroq Turdiqulov mazkur masalalarni chetlab o‘tishga harakat qildi va tamaddixonalarda saharlik qilishga javob berish yoki taqiqlash ishlari qaysidir tashkilotning bo‘ynidagi masala, degan javob bilan kifoyalandi. To‘g‘rirog‘I, hokim o‘rinbosari bu savolga aniqlik kiritishni yoki tegishli tashkilotdan javob olib berishni istamadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют