» » O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi Amazon rahbariyati bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi Amazon rahbariyati bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda


O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi chog‘ida bir qator hujjatlarni imzoladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, AQSh savdo vazirligi bilan savdo aloqalarini kengaytirish bo‘yicha hamjihatlik haqida memorandum imzolandi. Hujjat ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi bevosita aloqalarni rivojlantirish va ularning ikki davlat hududlaridagi investitsiyaviy faoliyatini rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.

Tomonlar O‘zbekiston vakillarining quyidagi Amerika dasturlaridagi ishtirokini qayta tiklashga kelishib oldi:

Tashqi savdo vazirligi, shuningdek, USAID bilan O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi.

Openbucks Corp. to‘lov kompaniyasi bilan ham o‘zaro hamjihatlik va O‘zbekistonda elektron savdoni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik haqida memorandum tuzildi. O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha hamda o‘zbek tadbirkorlarining global savdo platformalari va elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni tayyorlash rejalashtirilmoqda. Ayni paytda internet orqali mahsulot va xizmatlar sotish bilan shug‘ullanuvchi Amazon rahbariyati bilan muzokaralar olib borilmoqda.

O‘zbek mahsulotining AQSh bozoriga uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash uchun WCC International kompaniyasi bilan o‘zbek to‘qimachilik va boshqa mahsulotlarini sertifikatlash bo‘yicha loyihani amalga oshirish haqida kelishib olindi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda organik paxta yetishtirish bo‘yicha xalqaro dasturni joriy qilish ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют