» » Sardor Rashidov penalti urolmagan o‘yinda “Bunyodkor” “Al-Jaish”ni mag‘lub etib, OCHL guruh bosqichiga yo‘l oldi

Sardor Rashidov penalti urolmagan o‘yinda “Bunyodkor” “Al-Jaish”ni mag‘lub etib, OCHL guruh bosqichiga yo‘l oldi


Toshkentning “Bunyodkor” klubi Osiyo Chempionlar ligasining qatorasiga uchinchi mavsumida ham saralash bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tdi va guruh bosqichiga yo‘llanma oldi.

Avvalgi ikki urinishda Sergey Lushchan boshchilik qilayotgan jamoa Amirliklarning “Al-Jazira” (2015) va “Ash-Shabob” (2016) klublarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. Bu safar esa Qatarda “Al-Jaish” dovonidan o‘ta oldi.

Mavzuga oid: Saudiya Arabistonida mag‘lub bo‘lgan “Nasaf” Osiyo Chempionlar ligasi bilan 2017-yilning fevralidayoq xayrlashdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov harakat qiladigan Qatar klubiga qarshi kurash olib borgan “Bunyodkor” 120 daqiqa davomida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab tura oldi. Shuningdek, o‘zi ham raqib postiga yo‘l topa olmadi. Shu boisdan uchrashuv g‘olibi penaltilar seriyasiga ko‘ra aniqlanadigan bo‘ldi.

“Bunyodkor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Sardor Rashidov penaltilar seriyasida qatarliklarning ilk zarbasini noaniq yo‘llab, sobiq klubining imkoniyatlarini oshirib yubordi. Shundan keyin “Bunyodkor”ning uch futbolchisi aniq zarba berdi. Qatarlik yana bir futbolchining zarbasini esa darvozabon Murod Zuhurov ushlab qoldi hamda “Bunyodkor”ni guruh bosqichiga olib chiqdi.

Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” guruh bosqichida “C” zonasidan joy olgan. Bu guruhda Saudiya Arabistonining “Al-Ahli”, Eronning “Zobahan”, BAAning “Al-Ayn” klublari bor. Shuningdek, Toshkentning “Lokomotiv” klubi ham Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etadi.

Osiyo Chempionlar ligasi
Pley-off
7-fevral, seshanba

“Bunyodkor”: Murod Zuhurov — Dilshod Ahmadaliyev, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Nurillo To‘xtasinov (Alisher Sanoyev, 79), Dushan Michich, Javlon Ibrohimov, Otabek Shukurov, Shahzod Nurmatov (Javohir Esonqulov, 65), Eldor Shomurodov, Doston Hamdamov.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют