» » O‘zbekistonlik kutubxonachilar Anqara va Istanbulda grant asosida o‘qiydi

O‘zbekistonlik kutubxonachilar Anqara va Istanbulda grant asosida o‘qiydi


O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Turkiya Milliy kutubxonasi o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markazi rahbar-xodimlaridan iborat delegatsiya Turkiya Respublikasining Anqara shahrida bo‘lib, kutubxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Delegatsiya a’zolari Turkiya Milliy kutubxonasi, Bilkent universiteti kutubxonasi, Jebeji xalq kutubxonasi hamda Mehmet Akif Ersoy adabiyot-muzey kutubxonasida bo‘ldi.

Turkiya Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan o‘zbekistonlik kutubxonachilar Anqara va Istanbuldagi oliy ta’lim muassasalarining kutubxonachilik fakultetida magistratura va aspirantura bosqichida Turkiya tomonidan taqdim etilgan grant asosida o‘qishi mumkin.

Turkiya Milliy kutubxonasining yozma va nodir asarlarni to‘plovchi bo‘limi Istanbulda joylashgan. Yozma asarlar 400 mingdan ziyod. Bugungi kunda Milliy kutubxonada fondni raqamlashtirish va elektron tarzda xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют