» » Shavkat Mirziyoyev: Men Andijon viloyati hokimidan roziman. U — Andijon xalqining baxti

Shavkat Mirziyoyev: Men Andijon viloyati hokimidan roziman. U — Andijon xalqining baxti


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi doirasida 19-may kuni Ulug‘nor tumanida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “Xabar.uz”ning xabar berishicha, yig‘ilish davomida Prezident viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov haqida ham to‘xtalib o‘tgan.

Bugun Andijon viloyati hokimi bilan ko‘p gaplashdim. Menga bir narsa ma’qul bu hokimda, sizlar shuni bilingki, men masala qo‘ygan odamni juda hurmat qilaman. Masala qo‘yishni bilgan odam 50 foiz muvaffaqiyatga erishadi degani.

Fursatdan foydalanib aytib o‘tmoqchiman — men hokimdan roziman. Shuhrat Qo‘shoqboyevich o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni qo‘lidan kelganicha bajarishda O‘zbekiston hokimlari orasida oldingi qatordagilardan biri desam, adashmagan bo‘laman. Bu ham Andijon xalqining baxti.

Men viloyatdagi ishlarni ko‘rib, hokimning kuyganini ko‘rib aytyapman. Bugun kun davomida 50 ta masala qo‘ydi, har birining ostida kamida 5 milliardlik sarmoya yotibdi. Shuhrat Qo‘shoqboyevich mana shunday faol safdoshimiz, men eng ishongan hokimlardan biri. Men buni yuragimdan aytyapman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют