» » Shavkat Mirziyoyev Andijonda 50 ta ko‘p qavatli uy qurishga ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev Andijonda 50 ta ko‘p qavatli uy qurishga ko‘rsatma berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining Sulton Jo‘ra mahallasida qurilgan uy-joylarni borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarining o‘tgan yilgi tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar asosida ushbu mahallada beshta, Mustaqillik mahallasida ikkita 7 qavatli uy qurilib, foydalanishga topshirildi.

Joriy yilda 14 ta shunday turar joy barpo etilayotgan edi. Prezident Andijonda bu masala dolzarb ekanini inobatga olib, shu yilning o‘zida qo‘shimcha yana beshta 7 qavatli uy qurish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shu tariqa bu yil Andijon shahrida 19 ta, yaqin yillarda jami 50 ta ko‘p qavatli uy bunyod etiladi.

Shu yerda Andijon viloyatida amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlari, kommunal tarmoqlarni yaxshilash loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida ichimlik suvi tarmoqlarini rivojlantirish uchun 200 milliard so‘m mablag‘ ajratishga ko‘rsatma berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют