» » Rossiya mudofaa vazir Sergey Shoygu O‘zbekistonga keldi

Rossiya mudofaa vazir Sergey Shoygu O‘zbekistonga keldi


Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu 21-may kuni Toshkentga keldi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

22-may kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov Sergey Shoygu bilan muzokaralar olib boradi. Unda ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy, harbiy-texnik va harbiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning istiqboldagi rejalari xususida so‘z yuritiladi.

Shuningdek, tashrif doirasida Rossiya mudofaa vaziri Qurolli Kuchlar akademiyasi bilan tanishishi, hukumat darajasidagi bir qancha uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Rossiya mudofaa vazirining matbuot kotibi Rossiyana Markovskayaga ko‘ra, Sergey Shoygu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 56) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют