» » Toshkentda qo‘shnilarning spirtli ichimlik ichishi janjal bilan yakunlandi

Toshkentda qo‘shnilarning spirtli ichimlik ichishi janjal bilan yakunlandi


19-may kuni soat 17:45 larda Toshkent shahar Mirobod tumanidagi “Vesna” kafesida fuqaro U. qo‘shnisi V. bilan birga spirtli ichimliklar iste’mol qilishib, o‘zaro janjal oqibatida fuqaro V. qo‘shnisi U. ning boshiga g‘isht bilan urib tan jarohati yetkazgan va o‘zining uyiga ketgan, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Shundan so‘ng, U. oshxona pichog‘i bilan V. ning uyiga borib, uni ko‘krak sohasiga bir necha marotaba pichoq bilan sanchib, tan jarohati yetkazgan.

Shifokorlarning harakatlari natijasida V. ning hayoti saqlab qolingan.

Hozirda fuqaro U. ushlanib, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (Odam o‘ldirishga suiqasd qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют