» » Sergey Shoyguni O‘zbekiston mudofaa vaziri kutib oldi (video)

Sergey Shoyguni O‘zbekiston mudofaa vaziri kutib oldi (video)


21-may kuni Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi harbiy delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Mehmonni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov kutib oldi.

Uchrashuvda mudofaa sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari, harbiy-texnik sohada o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvdan so‘ng yuqori martabali mehmon O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurib, oliy harbiy ta’lim muassasasining vazifalari, faoliyati va boy shonli tarixi, shuningdek, malakali harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 17) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют