» » Rasman: Unai Emeri “Arsenal”ga bosh murabbiy etib tayinladi. U 1-intervyusidayoq YChLda g‘olib bo‘lishga va’da bera olmasligini aytdi

Rasman: Unai Emeri “Arsenal”ga bosh murabbiy etib tayinladi. U 1-intervyusidayoq YChLda g‘olib bo‘lishga va’da bera olmasligini aytdi


Londonning “Arsenal” klubi jamoaning yangi bosh murabbiyini ommaga tanishtirdi. U ispaniyalik 46 yoshli Unai Emeri bo‘lib, yangi bosh murabbiy jamoada 22 yil faoliyat olib borgan Arsen Vengerning o‘rnini egalladi.

Unai Emeri yangi ishi borasida o‘z fikrlari bilan bilan bo‘lishdi.

Buyuk jamoalardan biri safiga qo‘shilganimdan mamnunman. “Arsenal” o‘yin uslubi va yosh futbolchilarga e’tibori jihatidan mashxur va sevimli. Menga London klubi tarixida yangi sahifani boshlash topshirilganidan xursandman. Katta klub, ajoyib shahar va zo‘r stadionda ish boshlashimni intizorlik bilan kutyapman. Men jamoadagi futbolchilarga ishonaman. Sovrinlarni yutib olish uchun mehnat qilamiz. Navbatda turgan maqsad — Yevropa Chempionlar Ligasiga qaytish. Men to‘pni nazorat qilish taktikasini yaxshi ko‘raman, bu “Arsenal”ga ham to‘g‘ri keladi. Jamoa to‘psiz qolsa, futbolchilar faol pressing qilishlari kerak. Bu jihatlar men uchun muhim. Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonamiz deb va’da berolmayman, biroq bunga erishish uchun qattiq mehnat qilamiz. Bunga ishonchim komil.

Unai Emeri, “Arsenal” bosh murabbiyi

Emerining so‘nggi ish joyi — PSJda murabbiy 2 mavsum davomida 7 ta sovringa ega chiqdi, biroq Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘la olmadi. 46-yoshli mutaxassis “Sevilya” bilan esa 3-marta Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u turli yillarda “Lorka Deportivo”, “Almeriya”, “Valensiya”, “Spartak” jamoalarini ham boshqargan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют