» » Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov Sirdaryo viloyati IIB xodimlari ish faoliyati bilan tanishdi

Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov Sirdaryo viloyati IIB xodimlari ish faoliyati bilan tanishdi


Ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatini o‘rganish, ular bilan o‘zaro tajriba almashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan  uchrashuvda viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar, ichki ishlar faxriylari, viloyat faollari, yoshlar, shuningdek mahalliy hokimlik vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘z olganlar Ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, soha xodimlarining yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, va huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish yo‘lidagi faoliyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Tadbir davomida 11 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev ham ishtirok etdi.

Kunning ikkinchi yarmida general-polkovnik Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga tashrif buyurdi. Soha xodimlari  bilan samimiy muloqot uyushtirib alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlarining kuch va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek jamoat tartibini saqlashda ichki ishlar organlari xodimlarining mas’ulligini yanada oshirish yuzasidan o‘z kasbiy malaka, bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tashrif davomida Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori faoliyati ham o‘rganildi. Shu kuni mehmonlar profilaktika inspektori Sanjar Murodovga berilgan xizmat uyida ham bo‘lishdi. Tashrif keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan muloqot bilan yakunlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 24) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют