» » Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan 14 nafar nomzod oliy ta’lim muassasiga davlat granti asosida o‘qishga kiradi

Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan 14 nafar nomzod oliy ta’lim muassasiga davlat granti asosida o‘qishga kiradi


Tizimda ko‘p yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi qarori imzolangandi. Bu haqda Qahramon Quronboyevning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Mazkur qarorda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini respublika komissiyasi taqdimnomasi asosida ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qarori bilan doimiy yashash joyidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilish belgilangan.

Ushbu tanlovning mahalliy bosqichlarida 5492 nafar nomzodning arizalari tuman (shahar) komissiyalari tomonidan qabul qilindi. Ulardan 815 nafari Yoshlar ittifoqining sardori, 1908 nafari boshlang‘ich tashkilotlardagi yo‘nalish yetakchisi hamda 2769 nafari tizimda ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan yoshlarni tashkil etdi.

Respublika komissiyasi nizomga muvofiq, hududiy komissiyalar tomonidan taqdim etilgan 42 nafar nomzod orasidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 14 nafar eng munosib yosh saralandi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Genjegulov Shaxzad Allambergenovich;

Andijon viloyati, Mirzaxalilova Odinaxon Nozimovna;

Buxoro viloyati, Kamiljanov Muxammadjon Ne’matjonovich;

Jizzax viloyati, Sattarova Dilorom Isamiddinovna;

Qashqadaryo viloyati, Shukurova Mahliyo Boqiyevna;

Navoiy viloyati, Muxtorov Doston Alisher o‘g‘li;

Namangan viloyati, Xolikov Ikbol Latipovich;

Samarqand viloyati, Xudoyorova Farangiz;

Sirdaryo viloyati, Boltaboyeva Lobarxon Rasuljon qizi;

Surxondaryo viloyati, Turdiyeva Farxundaxon Boborahim qizi;

Toshkent viloyati, Tursunbayev Sandjar Baxtiyarovich;

Farg‘ona viloyati, Kurbonova Mohidil Ulug‘bek qizi;

Xorazm viloyati, Ataboyev Mirkamolbek Farhod o‘g‘li;

Toshkent shahri, Usmanova Nodira Ulug‘bekovna.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют