» » O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 14 nafar faol a’zosi davlat granti asosida o‘qishga kiradi

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 14 nafar faol a’zosi davlat granti asosida o‘qishga kiradi


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish maqsadida tavsiyanomalar berish bo‘yicha respublika komissiyasi nizomiga muvofiq, tashkilotning 14 nafar faoli OTMga davlat granti asosida o‘qishga kirish imkonini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi qarori O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida ko‘p yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi, o‘zining yetakchilik qobiliyatini namoyon qilgan, vatanparvar, mehnatsevar va boshqa insoniy fazilatlar egasi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim huquqiy asos bo‘lmoqda.

Mazkur qarorga asosan tanlovning mahalliy bosqichlarida 5 ming 492 nafar nomzodning arizalarini tuman (shahar) komissiyalari qabul qilib olgan. Nomzodlar orasida 815 nafari sardor, 1 ming 908 nafari boshlang‘ich tashkilotlardagi yo‘nalish yetakchisi hamda 2 ming 769 nafari Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlar.

Respublika komissiyasi hududiy komissiyalar tomonidan taqdim etilgan 42 nafar nomzodni baholash mezonlari asosida ko‘rib chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 1 nafardan, jami 14 nafar eng munosib yoshlarni saraladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют