» » Chexiya parlamenti quyi palatasi raisi O‘zbekiston Birinchi Prezidenti qabrini ziyorat qildi

Chexiya parlamenti quyi palatasi raisi O‘zbekiston Birinchi Prezidenti qabrini ziyorat qildi


O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Chexiya parlamenti Deputatlar palatasi raisi Yan Gamachek boshchiligidagi delegatsiya 8-fevral kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mehmonlar dastlab Hazrati Xizr majmuasida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

Delegatsiya a’zolari Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasida bo‘ldi.

Registon majmuasi va bu yerda namoyish etilgan milliy hunarmandlik mahsulotlari ko‘rgazmasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

“Mehmonlar bunday noyob me’moriy obidalarni bunyod etgan buyuk ajdodlar aql-u zakovati va uni bezavol asrab kelayotgan bugungi avlodning O‘zbekiston tarixiga bo‘lgan munosabatiga yuksak baho berdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Chexiyalik mehmonlar O‘zbekiston—Chexiya qo‘shma korxonasi — Pulsar Group Brewery faoliyati bilan ham tanishgan.

Mavzuga doir: Chexiya parlamentining quyi palatasi raisi O‘zbekistonga keladi

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 21) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют