» » Shavkat Mirziyoyev Kobuldagi terakt munosabati bilan Afg‘oniston prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Kobuldagi terakt munosabati bilan Afg‘oniston prezidentiga hamdardlik bildirdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga maktub yo‘lladi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

“Mazkur maktubda Afg‘oniston rahbariyati va butun afg‘on xalqiga 7-fevral kuni Kobul shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan chuqur ta’ziya bildirdi”, — deyiladi TIV axborotida.

Mavzuga doir: Kobuldagi Oliy sud binosi oldida yuz bergan portlash oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini izhor etgan.

O‘zbekiston Prezidenti 7-fevral kuni ham Afg‘onistonga hamdardlik bildirgan edi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston va Pokistonga hamdardlik bildirdi

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

 

Опубликовано: admin (8-02-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют