» » Bosh prokuratura aralashuvidan so‘ng “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi Samarqandda uy bilan ta’minlandi

Bosh prokuratura aralashuvidan so‘ng “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi Samarqandda uy bilan ta’minlandi


Bosh prokuratura ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan Toshkent shahridagi 22-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi S.Qurbonovaning uy-joy ajratib berilishida amaliy yordam ko‘rsatish haqidagi murojaatini  ko‘rib chiqdi.

S.Qurbonova 2013-yil 16-mayda Samarqand shahar hokimligiga uy-joy bilan ta’minlash masalasida murojaat qilgan bo‘lsa-da, hokimlik tomonidan buning chorasi ko‘rilmasdan, shahar Xalq ta’limi bo‘limiga murojaat qilishi haqida tushuntirish berilgan.

Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan S.Qurbonovani uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Samarqand viloyat hokimligiga murojaat qilinib, unga Samarqand shahri, G‘.Karimov ko‘chasida joylashgan barcha sharoitlarga ega 17-xonadon ajratib berilishi ta’minlandi.

S.Qurbonovaning muqaddam uy-joy ajratib berish masalasida qilgan murojaatlarini ko‘rib chiqishda sansalorlikka yo‘l qo‘ygan mutasaddi idoralar mansabdor shaxslariga nisbatan prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют