» » Buxoroda Captiva’ning shartnomasini avtosalondan chiqarib berish evaziga 1,5 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi

Buxoroda Captiva’ning shartnomasini avtosalondan chiqarib berish evaziga 1,5 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S. ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

U Buxoro shahridagi avtosalonda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro U. nomiga Captiva rusumli avtomashina xarid qilish uchun shartnoma chiqarib berish evaziga 1500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan paytda ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют