» » O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Charlz Dikkens tavalludining 205 yilligi nishonlandi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Charlz Dikkens tavalludining 205 yilligi nishonlandi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 7-fevral kuni ingliz yozuvchisi, romannavis va publitsist Charlz Dikkens tavalludining 205 yilligiga bag‘ishlangan “‘Shahar romanlari’ usta yozuvchisi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Bu haqda kutubxona sayti xabar bermoqda.

Ko‘rgazmada adibning o‘zbek va rus tillaridagi asarlari, uning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi kitoblar va jurnallar taqdim etilgan.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari adibning “Sovuq uy”, “Oliver Tvist”, “Charlz Dikkens nabirasi tomonidan bolalarga hikoya qilingan hikoyalar” nomli kitoblari, yozuvchining asarlari to‘plamlari, shuningdek, uning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi kitoblar va jurnallardan olingan maqolalar bilan tanishdi.

Jahon klassik adabiyotining eng yirik nasrshunoslardan biri hisoblangan Charlz Dikkens 1812-yil 7-fevral kuni Angliyada tavallud topgan. “Pikvik klubi o‘lmidan keyingi maktublar”, “Oliver Tvist”, “Devid Kopperfild”, “Katta umidlar”, “Ikki shahar qissasi haqida” kabilar adibning eng mashhur asarlaridir.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют