» » O‘zbekistonda 2018-yilda sodir etilgan eng birinchi jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi

O‘zbekistonda 2018-yilda sodir etilgan eng birinchi jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati Paxtakor tumani sudida 18-may kuni O‘zbekistonda 2018-yilda sodir etilgan eng birinchi jinoyat ishi bo‘yicha hukm e’lon qilindi. Bu haqda tuman sudi raisi Zokir Xudoyberdiyev “Daryo” nashriga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1992-yilda tug‘ilgan F.Sh. 2018-yilning 1-yanvar kuniga o‘tar kechasi qarindoshi P.Sh. bilan Paxtakor tumani Oltiariq mahallasida yashovchi sobiq sinfdoshi Z.Qurbonovaning uyiga uni Yangi yil bayrami bilan tabriklash uchun borib, u yerda boshqa bir sinfdoshi — 1992-yilda tug‘ilgan A.I. bilan o‘zaro tortishib qolgan.

Natijada 1-yanvar kuni soat taxminan 4:30 atrofida F.Sh. sinfdoshi A.I.ni qarindoshi P.Sh. bilan birga do‘pposlab, unga tan jarohati yetkazgan. A.I. Paxtakor tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch bo‘limiga yotqizilgan, biroq olgan tan jarohatlari oqibatida 1-yanvar kuni soat 18:00 da vafot etgan.

Sud mavjud dalillar va guvohlar ko‘rsatmalarini o‘rganib, F.Sh. va P.Sh.ni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (“Jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish”) bilan aybli deb topib, har ikkisiga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Sudlanuvchilar jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют