» » Go‘zallik uchun kokos yog‘i foydalari

Go‘zallik uchun kokos yog‘i foydalari


Kutilmagan mahsulotlarning go‘zallik uchun qanday foydali jihatlari mavjudligidan xabar topib, hayratga tushamiz. Shunday mahsulotlardan biri kokos yog‘idir. U xushbo‘y va bir olam foydali mikroelementlarga ega bo‘lgan to‘liq tabiiy mahsulotdir.

Xo‘sh, kokos yog‘idan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?

Tirnoqlar parvarishi uchun

Kokos yog‘i kutikulalarni yumshatish uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Agar qo‘lingizni tez-tez yuvishga majbur bo‘lsangiz yoki kutikulalaringiz tez o‘sishga moyil bo‘lsa kuniga ikki marta kokos yog‘ini barmoqlaringiz uchiga massaj harakatlari bilan suring.

Sochlar uchun

Agar sochlaringiz uchlari quruq bo‘lsa, kokos yog‘idan bir necha tomchi suring. Shunda shikastlangan sochlar zarur namlikni oladi.

Terini tozalash uchun

Teri uchun skrablarni o‘zingiz tayyorlashni xush ko‘rsangiz kokos yog‘i ajoyib to‘ldiruvchi hisoblanadi. Yog‘ni shakar kukuni bilan aralashtirib, silliq teriga erishish uchun undan haftasiga ikki marta foydalaning.

Lablarni namlantirish uchun

Lablaringizga uxlashdan avval kokos yog‘i surib qo‘ysangiz, ular kechasi bilan barcha zarur ozuqani oladi.

Ajinlar oldini olish uchun

Ajinlar va teri osilib qolishining oldini olish uchun ko‘z atrofi sohasiga yengil massaj harakatlari bilan kokos yog‘i suring.

Asosiysi rang va hid beruvchi vositalar qo‘shilmagan, yuz foiz tabiiy yog‘dan foydalaning!

Опубликовано: admin (9-02-2017, 00:44)
+3 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют