» » Namanganda yong‘inni o‘chiruvchilar bellashdi

Namanganda yong‘inni o‘chiruvchilar bellashdi


Namangan viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan Namangan shahridagi “Dinamo” o‘yingohida yong‘inni o‘chirish amaliy sporti bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Musobaqa o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad shaxsiy tarkibning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish, xizmat tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tashkil etish, yong‘inlarni bartaraf etishga hozirlash, ruhiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda shaxsiy tarkib orasida baxtsiz hodisalarni oldini olishdan iborat bo‘ldi.

Chempionat uch turda — 4x100 metrli yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi, ishg‘ol qilish narvoni orqali o‘quv minorasining to‘rtinchi qavatiga ko‘tarilish va jangovar yoyilish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilib, unda 15 jamoa, jami 90 nafar xodim ishtirok etdi.

Ushbu musobaqada umumjamoa hisobida Namangan shahar YoXB 1-harbiylashgan yong‘in xavfsizligi qismi birinchi, Namangan shahar YoXB 3-HYoXQ jamoasi ikkinchi va Kosonsoy tumani YoXB jamoasi 3-o‘rinni egallab, boshqarmaning faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют