» » Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida Putin, Si Szinpin va Modi bilan uchrashadi

Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida Putin, Si Szinpin va Modi bilan uchrashadi


Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Sindao shahrida 9—10-iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida Vladimir Putin, Si Szinpin va Narendra Modi bilan shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Abdujabbor Abduvohidov ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

“ShHT doirasida rejalashtirilgan davlat rahbarlari bilan barcha uchrashuvlar sammit maydonida bo‘lib o‘tadi. Jumladan, Rossiya va Hindiston yetakchilari, shuningdek, janob Si Szinpin bilan uchrashuvlar ko‘zda tutilgan”, — dedi Abdujabbor Abduvohidov.

Vazir o‘rinbosari mazkur uchrashuvlar davomida ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi belgilanmaganini bildirdi.

Uning aytishicha, sammitda 20 ga yaqin hujjat, jumladan, Sindao deklaratsiyasi imzolanadi va ularning barchasi ko‘p tomonlama hamkorlikni qamrab oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют