» » Meksika AQSh bilan chegaradagi devor uchun pul to‘lamasligini ma’lum qildi

Meksika AQSh bilan chegaradagi devor uchun pul to‘lamasligini ma’lum qildi


Meksika AQSh bilan chegaradagi devor uchun pul to‘lamaydi, deya mamlakat prezidenti Enrike Penya Neto o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qilgan.

“Prezident Donald Tramp. Yo‘q. Meksika devor uchun hech qachon pul to‘lamaydi. Hurmat bilan, Meksika (biz hammamiz)”, — deb yozgan Neto.

Avvalroq, 29-may, seshanba kuni Tramp AQShga keladigan noqonuniy muhojirlar oqimini tartibga solishda yordam bermagani uchun Meksika hukumatini tanqid qilgan. Tramp Meksikaning devor uchun pul to‘lashiga erishishini ma’lum qilgan.

2017-yil yanvardagi inaguratsiyasidan keyin Tramp immigratsiya va Meksika chegarasida devor qurish orqali mamlakat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida ikkita qaror imzolagan. Shuningdek, noqonuniy muhojirlar va giyohvand moddalarning kirish kelishini to‘xtatish maqsadida Janubiy chegarada devor qurilishi hamda AQSh qonunchiligini buzgan muhojirlarning mamlakatdan chiqarib yuborilishi ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют