» » “Yozga yangi ertak bilan”. Ronaldu “Real”dan ketmoqchi. PSJ esa uni 150 mln yevroga sotib olishga tayyor

“Yozga yangi ertak bilan”. Ronaldu “Real”dan ketmoqchi. PSJ esa uni 150 mln yevroga sotib olishga tayyor


PSJ klubi “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olmoqchi. Yevropa Chempionlar Ligasidagi navbatdagi g‘alabadan so‘ng portugaliyalik hujumchi “Real”ni tark etishiga shama qilgandi.

AS nashrining yozishicha, parijliklar Ronaldu—Neymar—Mbappe triosini vujudga keltirishmoqchi. Klub rahbariyati Krishtianuga 45 million yevro maosh to‘lashga tayyor. Bu uning “Real”dagi maoshidan deyarli ikki barobar ko‘p hisoblanadi.

Ronalduning “Real” bilan shartnomasidagi tovon puli miqdori 1 milliard yevroni tashkil etadi. Parijliklar esa uning uchun 150 million yevrodan ortiq pul to‘lamoqchi emas.

PSJ bu rejasini amalga oshirish uchun bir nechta yulduzlarini — Edinson Kavani va Anxel Di Mariyani sotib yuborishga majbur bo‘lishi mumkin.

Ispaniya La Ligasining yakuniga yetgan 2017/18-yilgi mavsumida Ronaldu 27 ta o‘yinda 26 ta gol urishga erishdi. Shu bilan birga 15 ta gol bilan YChLda mavsum to‘purari bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют