» » Yaponiya O‘zbekistonga yo‘l texnikalarini beg‘araz taqdim etadi

Yaponiya O‘zbekistonga yo‘l texnikalarini beg‘araz taqdim etadi


30-may, chorshanba kuni Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasida Yaponiya tomonidan O‘zbekistondagi yo‘l qurilishi va ta’miri uchun texnikalarni beg‘araz taqdim etish bo‘yicha hukumatlararo hujjatga imzo chekildi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kelishuvga ko‘ra, Yaponiyaning Sakai Heavy Industries Ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yo‘l texnikalari taqdim qilinadi. Texnika vositalari “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida Sirdaryo, Jizzax, Xorazm hamda Qoraqalpog‘istonda qishloq va ovullar yo‘llarini ta’mirlashda ishlatiladi.

Loyiha Yaponiyaning “Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot dasturi” doirasidagi grantlar asosida amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra 800 million yapon ienasi (7,3 million AQSh dollari) qiymatidagi texnika beg‘araz taqdim etiladi.

Jumladan, resayklerlar, shuningdek, uzaytirilgan rezina g‘ildirakli, tebranma hamda bir barabanli tebranma zichlagichlar yetkazib beriladi. 1 million dollar qiymatidagi ehtiyot qismlar taqdim qilinadi. Xodimlarni o‘qitish tadbirlari tashkil qilinadi.

Hujjatga O‘zbekiston hukumati nomidan Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev, Yaponiya tomonidan mamlakatning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito imzo chekdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют