» » Yamanlik xusiylar Saudiya Arabistoniga tegishli dronni urib tushirdi

Yamanlik xusiylar Saudiya Arabistoniga tegishli dronni urib tushirdi


“Ansar Alla” xusiylar harakati vakillari Saudiya Arabistonidagi Asir shahrida arab koalitsiyasiga tegishli uchuvchisiz boshqariladigan qurilmani urib tushirdi. Bu haqda xusiylar tomonidan nazorat qilinadigan Mudofaa vazirligiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

“Uchuvchisiz boshqariladigan qurilma Saudiya Arabistonining janubi-g‘arbida joylashgan Asir nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida prezident Abdu Rabbu Mansur Hodi qo‘shinlariga qarshi kechgan to‘qnashuv vaqtida urib tushirilgan”, — deyiladi xabarda. Saudiya Arabiston boshchiligidagi arab koalitsiyasi hozircha ushbu hodisaga izoh bermadi.

Yamanda 2015-yilning martidan buyon, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya mamlakat hududiga kirib kelganidan beri urush davom etmoqda. 2018-yilning aprelida xusiylar nafaqat Ar-Riyodni, balki Yamandagi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan boshqa mamlakatlarning poytaxtlarini ham o‘qqa tushish borasida tahdid qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют