» » Xiaomi hoshiyasiz Mi 8 flagmanini taqdim etdi

Xiaomi hoshiyasiz Mi 8 flagmanini taqdim etdi


Xiaomi kompaniyasi yangi flagman smartfonini — Mi 8’ni taqdim etdi, deb xabar beradi TJournal.

Mi 8’ga Samsung kompaniyasiga tegishli 6,2 dyuymli OLED-ekrani o‘rnatilgan bo‘lib, uning yuqori qismidan 20 megapiksell kamera joy olgan. Smartfon korpusi chetlari yoysimon shisha panel va alyuminiy hoshiyadan iborat.

Shuningdek, Mi 8’ga Snapdragon 845 protsessori va 12 megapikselli ikkitalik kamera o‘rnatilgan.

Bundan tashqari Xiaomi kompaniyasi barmoq izi skaneri va shaffof orqa qopqoq bilan jihozlangan Mi 8 Explorer Edition maxsus versiyasini ham taqdim etdi. Ta’kidlanishicha, mazkur smartfon yuzni tanishga mo‘ljallangan 3D-texnologiyasi o‘rnatilgan ilk Android-smartfon hisoblanadi.

Mi 8 flagmanini Xitoyda 421 dollarga, Explorer Edition versiyasini esa 577 dollar evaziga xarid qilish mumkin bo‘ladi. Mi 8 joriy yilning 5-iyunidan boshlab sotuvga chiqadi.

Avvalroq Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 31-may kuni taqimot o‘tkazib, o‘z yubileyiga bag‘ishlangan Mi 8 flagmanini namoyish etishini e’lon qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют